Ingliz tili darajangizni bepul tekshiring
Multilevel (CEFR) imtihoni formatida: oʻsha qismlar, oʻsha savol turlari, oʻsha vaqt. Speaking — imtihondagi kabi signal va taymer bilan. Roʻyxatdan oʻtish, toʻlov va reklama yoʻq.
Darajani aniqlash
Listening va Reading, 30 daqiqa. Oxirida taxminiy daraja (B1, B2 yoki C1) va har bir savolning toʻgʻri javobi oʻzbekcha izoh bilan.
Boshlash →Toʻliq mock
Listening va Reading toʻliq hajmda, imtihondagi vaqt bilan. Audio faqat belgilangan marta eshitiladi, orqaga qaytarib boʻlmaydi — xuddi imtihondagidek. Ikki variant.
1-variant → · 2-variant →Writing
Imtihondagi topshiriq turlari, vaqt va soʻz hisoblagich. Yozganingizni baholash mezonlari boʻyicha oʻzingiz tekshirasiz. Ikki toʻplam.
1-toʻplam → · 2-toʻplam →Speaking
Savolni eshitasiz, tayyorlanish va javob vaqti imtihondagidek. Javobingiz yoziladi — qayta eshitib, oʻzingizni tekshirasiz.
Gapirish →Imtihon kunlari
Multilevel imtihoni sanalari, narxi, roʻyxatdan oʻtish tartibi va ball jadvali — har biri rasmiy manbasi bilan.
Koʻrish →Ona tili: esse
Milliy sertifikatning yozma ishi (24 ball): vaziyatlar, taymer, 12 mezon boʻyicha tekshiruv — hajm, xatboshi, kirill harflari, imlo, takror — va namunaviy esse.
Yozish →Davlat xizmati testi
Davlat fuqarolik xizmatiga kirish testi formatida: 40 savol (davlat tili, qonunchilik, AKT, mantiq), 60 daqiqa. Har bir javobning izohi va qonun moddasi bilan.
Boshlash →Bu sayt nima va nima emas
- Bu — norasmiy mashq sayti. Rasmiy imtihon va sertifikat faqat Bilim va malakalarni baholash agentligida.
- Barcha matn, savol va audio — saytning oʻz ishi. Hech qanday imtihon materiali yoki kitobdan olinmagan.
- Natija — taxminiy. U sizga qaysi boʻlimda koʻproq ishlash kerakligini koʻrsatadi.
- Javoblaringiz faqat brauzeringizda saqlanadi. Biz ism, telefon yoki pochta soʻramaymiz.